26 noy 12:52
Yangiliklar
Tennis

Istomin Astanadagi turnir yakkalik va juftligida vice-chempion bo'ldi
Qozog'istonning Astana shahri mezbonlik qilgan tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 50 ming AQSH dollarini tashkil qiluvchi “CHellenjer” turkumidagi turnir o'z yakuniga etdi.
Bugun Astana Challenger “Capital Cup” turnirining yakkalik bahslarida final uchrashuvi o'tkazildi. Hal qiluvchi final uchrashuvida hamyurtimiz Denis Istomin kortga chiqdi.
Mamlakatimizning birinchi raketkasi turnirda ikkinchi raqam ostida tasniflangan edi. Uning raqibi yaponiyalik Yoshixito Nishioka esa birinchi raketka sifatida harakat qildi.
Uch set davom etgan uchrashuvda Nishioka 6:4, tay-breklarda 6:7(4:7), 7:6(7:3) hisobida zafar quchdi. Istomin xuddi juftlikda bo'lgani kabi yakkalikda ham Astana turniri vice-chempioni bo'ldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar