28 iyu 12:20
Yangiliklar

Istomin Astanadagi turnirda chorak finalga yo'l oldi
Sovrin jamg'armasi 100 ming AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu “CHellenjer” turnirida hamyurtimiz ikkinchi raqam ostida tasniflangan. Hozirgina yakuniga etgan ikkinchi davra uchrashuvida Denis yaponiyalik 30 yoshli Yuya Kibini 7:6, 2:6, 6:2 hisobida mag'lub etdi.
Kibi dunyo reytingida 361-o'rinni egallab turibdi. Denis Istominning chorak finaldagi raqibi Danil Medvedev bo'ladi. Rossiyalik bu tennischi dunyo reytingida 174-pog'onadan joy olgan.
Malumot uchun, Denis ilk davra uchrashuvida Xitoy Taypeyi vakili Ti CHenni mag'lubiyatga uchratgandi. Ushbu turnirda ishtirok etgan yana bir hamyurtimiz Sanjar Fayziev ilk bosqichda xitoylik Je Liga imkoniyatni boy bergandi.
Musobaqa g'olibi 14,400 dollar mukofot puli hamda roppa-rosa 100 reyting ochkosiga ega bo'ladi. Finalchi esa 8,480 dollar hamda 60 reyting ochkosini o'z hisobiga qo'shib qo'yadi.
Fikrlar