16 fev 16:29
Yangiliklar
Tennis

Istomin Delrey-Bich turnirida, uning raqibi malum!
Mamlakatimizning birinchi raketkasi kelayotgan hafta AQSHning Delrey-Bich shahrida o'tkaziladigan nufuzli ATP turnirida ishtirok etadi.
Hamyurtimiz o'z ishtirokini to'g'ridan-to'g'ri asosiy to'rdan boshlaydi. Qura natijasiga ko'ra tennischimiz birinchi bosqichda ispaniyalik Felisiano Lopesga qarshi kortga chiqadigan bo'ldi.
Taqqoslash uchun, Istomin ayni paytda ATP reytingida 106, Lopes esa 62-o'rinni egallab turibdi. Tennischilar shu kungacha o'zaro uch marotaba to'qnash kelishgan. Bahslarning barchasida Felisianoning qo'li baland kelgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar