02 may 07:54
Yangiliklar
Tennis

Istomin Eshtorilda 426-raketkaga yutqazib qo'ydi
Portugaliyaning Eshtoril shahrida nufuzli tennis turnirining asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
Ushbu turnirda hamyurtimiz Denis Istomin ham ishtirok etishi kerak edi. Afsuski, mamlakatimizning birinchi raketkasi ilk davradayoq mag'lubiyat alamini totib ko'rdi.
Istomin mezbon sportchi - Frederiku Silvaga qarshi kortga chiqdi. Bir soatu 11 daqiqa davom etgan uchrashuvda portugaliyalik tennischi kuchli raqibini ortiqcha qiyinchiliksiz 6:2, 6:2 hisobida mag'lub etdi.
Taqqoslash uchun, Istomin dunyo reytingida 74, uning raqibi Silva esa 426-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar