12 iyu 13:25
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/107_220.jpg)
Istomin Galle turniri saralashida mag'lub bo'ldi
Germaniyaning Galle shahrida tennis bo'yicha nufuzi Gerry Weber Open turnirining saralash bahslari davom etmoqda.
Afsuski, ushbu saralash bahslarida ishtirok etayotgan hamyurtimiz Denis Istomin ilk davradayoq mag'lubiyatga uchradi.
Mamlakatimizning
birinchi raketkasi saralashning ilk bosqichida germaniyalik tennischi
Benjamin Bekkerga 4:6, 6:3, 3:6 hisobida imkoniyatni boy berib,
turnirdagi ishtirokini yakunladi. Istomin saralashda ikkinchi raqam ostida
tasniflangan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar