24 iyu 20:10
Yangiliklar
Tennis

Istomin Gshtaaddagi turnirning ilk davrasida kortga chiqdi
Mamlakatimizning birinchi raketkasi Denis Istomin SHveycariyaning Gshtaad shahri mezbonlik qilayotgan nufuzli turnirdagi ishtirokini boshladi.
Hamyurtimiz Swiss Open Gstaad turnirining yakkalik bahsi ilk davrasida italiyalik Lorenco Justinoga qarshi kortga chiqdi. Uchrashuvda Istomin raqibini ortiqcha qiyinchiliksiz 6:3, 6:2 hisobida mag'lub etdi.
Musobaqaning sovrin
jamg'armasi 540,310 evroni tashkil qiladi. Turnir g'olibi 85,945 evro mukofot puli
hamda 250 reyting ochkosiga ega bo'ladi. Birinchi bosqichda
qatnashgan har bir tennischi o'z hamyonini 4,875 evroga boyitib oladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar