08 mar 08:10
Yangiliklar
Istomin Indian-Uells turniri saralashida kortga chiqdi
Mukofot jamg'armasi 6 mln. 993 ming 450 dollarni tashkil etuvchi turnirda hamyurtimiz Denis Istomin ham ishtirok etdi. Mamlakatimizning birinchi raketkasi saralash bahslarida o'z omadini sinab ko'rdi.
Istomin saralashning ilk bosqichida mezbon mamlakat sportchisi Denis Novikovga qarshi kortga chiqdi. Afsuski, Denis bahsni yakuniga etkaza olmadi.
Tennischimiz birinchi setni taybrekda 6:7(6:8) hisobida boy berdi. Ikkinchi setda 4:2 hisobida Novikov foydasiga hal bo'layotgan bir paytda Istomin bahsni davom ettira olmasligini malum qildi.
Taqqoslash uchun, Istomin ayni paytda ATR reytingining 69-o'rnini egallab turibdi. Rossiyada tug'ilgan AQSH fuqarosi Denis Novikov esa 173-pog'onani band etgan.
Fikrlar