06 iyu 18:00
Yangiliklar

Istomin o'z o'rnida, Do'stov 7 pog'onaga yuqoriladi
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin o'tgan haftadagi o'rnini saqlab qoldi - 64-pog'ona. Ikkinchi raqamli tennischimiz Farrux Do'stov esa 7 pog'onaga ko'tarilib, 214-o'rinni egallab turibdi.
Dunyo tennischilari reytingini esa hamon katta farq bilan serbiyalik Novak Jokovich boshqarib bormoqda. O'tgan kuni “Rolan Garros” turnirida bosh mukofotni qo'lga kiritgan Jokovich eng yaqin taqibchilaridan ochkolar hisobi bo'yicha teng barobarga o'zib ketgan. “Rolan Garros” vice-chempioni Endi Marrey ikkinchi o'ringa mustahkam o'rnashib oldi. Rojer Federer kuchli uchlikka yakun yasagan.
ATR REYTINGI. 6 iyun kungi holat
1 (1) Novak Jokovich (Serbiya) 16950 ochko
2 (2) Endi Marrey (Buyuk Britaniya) 8915
3 (3) Rojer Federer (SHveycariya) 6655
4 (5) Rafael Nadal (Ispaniya) 5405
5 (4) Sten Vavrinka (SHveycariya) 5035
6 (6) Kei Nisikori (Yaponiya) 4290
7 (15) Dominik Tim (Avstriya) 3105
8 (8) Tomash Berdix (CHexiya) 3030
9 (9) Milosh Raonich (Kanada) 2965
10 (12) Rishar Gaske (Franciya) 2905
64 (64) DENIS ISTOMIN (O'ZBEKISTON) 771...
214 (221) FARRUX DO'STOV (O'ZBEKISTON) 240
Izoh: Qavs ichida tennischilarning o'tgan haftadagi o'rni berilgan
Fikrlar