20 iyu 23:18
Yangiliklar

Istomin o'z o'rnida, Do'stov bir pog'onaga ko'tarildi
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin o'tgan haftadagi o'rnini saqlab qoldi – 65-pog'ona. Ikkinchi raqamli tennischimiz Farrux Do'stov esa bir pog'onaga ko'tarilib, roppa-rosa 222-o'rinni egallab turibdi.
Dunyo tennischilari reytingini esa hamon katta farq bilan serbiyalik Novak Jokovich boshqarib bormoqda. Kuchli o'ntalikda uchta o'zgarish kuzatildi. Kanadalik Milosh Raonich o'tgan haftadagi omadli ishtirok evaziga 9-o'rindan 7-pog'onaga ko'tarilib oldi. Dominik Tim va Tomash Berdix esa o'z o'rinlarini pasaytirib olishdi.
ATR REYTINGI. 20 iyun kungi holat
1 (1) Novak Jokovich (Serbiya) 16950 ochko
2 (2) Endi Marrey (Buyuk Britaniya) 8915
3 (3) Rojer Federer (SHveycariya) 6425
4 (4) Rafael Nadal (Ispaniya) 5335
5 (5) Sten Vavrinka (SHveycariya) 5035
6 (6) Kei Nisikori (Yaponiya) 4155
7 (9) Milosh Raonich (Kanada) 3175
8 (7) Dominik Tim (Avstriya) 3175
9 (8) Tomash Berdix (CHexiya) 2950 10 (10)
Rishar Gaske (Franciya) 2905
65 (65) DENIS ISTOMIN (O'ZBEKISTON) 771...
222 (223) FARRUX DO'STOV (O'ZBEKISTON) 240
Izoh: Qavs ichida tennischilarning o'tgan haftadagi o'rni berilgan
Fikrlar