30 may 16:14
Yangiliklar
Tennis

Istomin “Rolan Garros”dagi ishtirokini boshladi
Franciya poytaxti Parij shahrida “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi “Rolan Garros” turnirining asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
Yilning to'rtta nufuzli musobaqasining birida hamyurtimiz Denis Istomin ham ishtirok etyapti. Mamlakatimizning birinchi raketkasi ilk bosqichda AQSH vakili Ernesto Eskobedoga qarshi kortga chiqdi.
Hozirgina yakuniga etgan uchrashuvda Istomin kuchli raqibini 7:6(3), 6:3, 6:4 hisobida mag'lub etib, ikkinchi davraga yo'l oldi. Uchrashuv 2 soatu 2 daqiqa davom etdi.
Taqqoslash uchun, Istomin dunyo reytingida 80, Eskobedo esa 75-o'rinni egallab turibdi. Istominning ikkinchi davradagi raqibi Sem Kuerri - Xyong CHang uchrashuvidan so'ng malum bo'ladi. Birinchi setda CHang 6:4 hisobida zafar quchdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar