15 okt 08:48
Yangiliklar
Tennis

Istomin SHveciyadagi turnirda, ilk raqibi malum
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin ertadan asosiy to'r bahslari boshlanuvchi Stokgolmdagi ATP turnirida ishtirok etadi.
SHveciya poytaxti mezbonlik qiladigan turnirning sovrin jamg'armasi 660 ming 375 evroni tashkil qiladi. Hamyurtimiz qura natijasiga ko'ra ilk davrada yaponiyalik Yuiti Sugitaga qarshi kortga chiqadi. Istomin dunyo reytingida 51, Sugita 36-o'rinni egallab turibdi.
Yodingizda bo'lsa, bu
ikki raketka ustasi ikki hafta avval Xitoyning CHendu shahrida o'tkazilgan
turnirning yarim finalida o'zaro to'qnash kelishgandi. O'shanda Istomin kuchli raqibini mag'lubiyatga
uchratgan va yakunda turnir g'olibiga aylangan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar