23 iyu 03:25
Yangiliklar
![](/upload/storage/491_220.jpg)
Istomin sobiq chempionga aylangan turnir o'zining qizg'in pallasida
Mamlakatimizning birinchi raketkasi ushbu turnirning amaldagi chempioni hisoblanardi. Lekin hamyurtimiz ilk davradayoq reytingda o'zidan 25 pog'ona pastda joylashgan tennischi Damir Jumxurga imkoniyatni boy berib, chempionlik vakolatini topshirgan edi.
Turnirning ikkinchi raketkasi urugvaylik Pablo Kuevas uchinchi bosqich bahsida britaniyalik Deniel Evansni mag'lub etdi. Beshinchi raqam ostida tasniflangan amerikalik Sem Kuerri esa kiprlik Markos Bagdatisga imkoniyatni boy berib qo'ydi.
3-BOSQICH
Andreas Seppi (Italiya, 7) – Adrian Mannarino (Franciya) – 6:2, 6:3
Markos Bagdatis (Kipr, 9) – Sem Kuerri (AQSH, 5) – 1:6, 7:6 (8), 6:4
Dudi Sela (Isroil) – Benjamin Bekker (Germaniya) – 6:3, 2:6, 6:4
Pablo Kuevas (Urugvay, 2) – Deniel Evans (Buyuk Britaniya) – 6:7 (4), 7:6 (5), 6:4
Stiv Jonson (AQSH, 6) – Vashek Pospshil (Kanada) – 7:6 (4), 7:6 (1)
Fikrlar