10 okt 17:40
Yangiliklar
Tennis

Istomin “Toshkent CHellenjeri”dagi ishtirokini boshladi
Xabar berganimizdek, bugun poytaxtimizdagi Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlarida ananaviy “Toshkent CHellenjer” musobaqasining asosiy to'r bahslari boshlandi.
Sovrin jamg'armasi 125 ming dollarni tashkil qiluvchi ushbu turnirda dunyoning 20dan ziyod davlatidan ko'zga ko'ringan tennischilar ishtirok etyapti. CHexiyalik Irji Veseli turnirning birinchi raketkasi sifatida etirof etilgan.
Bugun asosiy to'rning juftliklar musobaqasida hamyurtimiz Denis Istomin g'alabaga erishdi. Rossiyalik Mixail Elgin bilan juftlik xosil qilgan Denis ilk davrada hamyurtlarimiz – SHonig'mat SHofayziev va Humoyun Sultonovni 6:2, 6:4 hisobida taslim etdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar