14 okt 08:20
Yangiliklar
Tennis

Istomin va Elgin “Toshkent CHellenjeri” finaliga chiqdi
Poytaxtimizdagi Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlarida davom etayotgan ananaviy “Toshkent CHellenjer” musobaqasi o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.
Sovrin jamg'armasi 125 ming AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu turnirning juftliklar musobaqasida yarim final uchrashuvlari o'tkazildi. Yarim finalga etib kelgan va o'zbekistonlik tennischilar harakat qilgan ikkita juftlikdan biri finalga chiqdi.
Rossiyalik Mixail Elgin bilan juftlik xosil qilgan Denis Istomin yarim finalda belaruslik Aleksandr Buri hamda shveciyalik Andreas Siljestrom tandemini 3:6, 6:4, tay-brekda 10:8 hisobida mag'lub etdi.
Istedodli tennischilarimiz Jo'rabek Karimov va Sanjar Fayzievdan iborat juftlik esa yarim finalda Andre Begamann hamda mashhur Leander Paesdan iborat juftlikka 2:6, 0:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar