01 mar 15:09
Yangiliklar
Tennis
Istominni mag'lub etgan Makdonald Nur-Sultanni "zabt" etdi
Qozog'istonning Nur-Sultan shahrida tennis bo'yicha "CHellenjer" turkumiga kiruvchi turnir yakunlandi.
Musobaqa bosh sovrini amerikalik Makkenzi Makdonaldga nasib etdi. Dunyoning 139-raketkasi bo'lib turgan Makkenzi hal qiluvchi final uchrashuvida reytingning 152-pog'onasidan joy olgan avstriyalik Yuriy Rodionovni osonlik bilan mag'lub etdi - 6/1, 6/2.
To'rt daqiqasi kam bir soat davom etgan bahsda Makkenzi 7 ta eys zarbani amalga oshirdi. Yuriyda bu ko'rsatkich nol ko'rinishda bo'ldi. Nur-Sultandagi muvaffaqiyatli ishtirok Makdonaldga 14,400 dollar mukofot puli hamda 100 reyting ochkosini taqdim etdi. Rodionov esa bu musobaqadan $8,480 va 60 ochko ishlab oldi.
Eslatib o'tamiz, Makkenzi Makdonald ikkinchi davra uchrashuvida hamyurtimiz Denis Istominni mag'lubiyatga uchratgan edi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar