24 iyu 07:55
Yangiliklar
Tennis

Istominning Gshtaaddagi ilk raqibi italiyalik tennischi
Mamlakatimizning birinchi raketkasi Denis Istomin bugun SHveycariyaning Gshtaad shahri mezbonlik qilayotgan nufuzli turnirdagi ishtirokini boshlaydi.
Hamyurtimiz to'g'ridan-to'g'ri Swiss Open Gstaad turnirining yakkalik bahslari asosiy to'rida kortga chiqadi. Istominning raqibi italiyalik Lorenco Justino bo'ladi. Bu uchrashuv bugun bizning vaqt bilan soat 15:00da boshlanadi.
Musobaqaning sovrin
jamg'armasi 540,310 evroni tashkil qiladi. Turnir g'olibi 85,945 evro mukofot puli
hamda 250 reyting ochkosiga ega bo'ladi. Birinchi bosqichda qatnashgan har bir
tennischi o'z hamyonini 4,875 evroga boyitib oladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar