21 apr 10:05
Yangiliklar

Italiya A Seriyasi. Markaziy o'yinda durang
«Juzeppe Meacca» nomli San-Siro stadionida Milanning "Inter" klubi Rimning "Roma" jamoasini qabul qilib, 1:1 hisobida durang o'ynadi. El-SHaaravi 14-daqiqada mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. O'yinning 61-daqiqasida Ivan Perishich muvozanatni tikladi. Bu hisob uchrashuv oxirigacha saqlanib qoldi.
Inter – Roma 1:1
«Juzeppe Meacca (San-Siro)» stadioni
Gollar: 0:1 – 14 El-SHaaravi, 1:1 – 61 Perishich.
Inter – Xandanovich, SHkrinyar, de Vrey, Asamoa, D`Ambrozio, Perishich, Nainggolan (Ikardi, 54), Vesino, Valero, Politano (Keyta Balde, 84), Martines (Joau Mariu, 79).
Roma – Mirante, Florenci, Fasio, Kolarov, Jezus, Pellegrini (Klyuyvert, 81), Kristante, Nzonzi, Under (Dzanolo, 46), El-SHaaravi, Jeko.
Ogohlantirishlar: Vesino (62), Kristante (76), Dzanolo (84).
Fikrlar