19 mar 18:42
Yangiliklar
Futbol

Italiya futbol federaciyasi rahbari chempionat qachondan davom etishini aytdi
Italiya futbol federaciyasi rahbari Gabriele Gravina chempionatning davom ettirilishi may oyi boshlariga rejalashtirilganini malum qildi.
"Biz allaqachon taqvimni tuzishni boshlab yubordik, chempionat 3 mayda boshlanishi va iyun oyi oxirida yakunlanishi kerak. Iyul oyining bir necha kunlaridan foydalanishimiz ham mumkin.
Biz musobaqaning 3 mayda davom ettirilishiga amin bo'lishimiz kerak. A Seriyaning tugamasligi ko'p pulni talab qiladi. Eng yaxshi muddat 30 iyundir, agar boshqa muammolar yana bo'lsa biz favqulodda choralar ko'ramiz va hatto 30 iyulgacha ham etib borishimiz mumkin", - deydi federaciya rahbari.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin Evro-2020 2021 yilga qoldirilgan edi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar