13 fev 06:16
Yangiliklar

Italiya kubogi. "Inter" yarim finalning ilk o'yinida mag'lub bo'ldi
Milanning "Inter" klubi yarim finalning birinchi uchrashuvini o'z maydonida "Napoli"ga qaoshi o'tkazib, 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. O'yin taqdirini hal qilgan yagona gol ispaniyalik Fabian Ruis nomiga yozildi.
SHu tariqa, Jennaro Gattuzo shogirdlari javob uchrashuvi oldidan yaxshi imkoniyat hosil qilib olishdi.
Inter – Napoli 0:1
"Juzeppe Meacca (San-Siro)" stadioni
Gol: 0:1 – 57 Fabian Ruis.
Inter – Padelli, Bastoni, de Vrey, SHkrinyar (D`Ambrozio, 46), Biragi, Brozovich, Barella, Sensi (Eriksen, 66), Mozes (Sanches, 74), Martines, Lukaku.
Napoli – Ospina, Manolas, Maksimovich, Mariu Ruy, Di Lorenco, Fabian Ruis, Elmaz, Demme, Zelinski (Allan, 82), Kalexon (Politano, 78), Mertens (Milik, 73).
Ogohlantirishlar: SHkrinyar (3), Manolas (51), Mariu Ruy (77), Ospina (85).
Fikrlar