08 sen 11:14
Yangiliklar
Futbol

Italiya terma jamoasi 2 yildan beri yutqazmayapti
Italiyaliklar Millatlar Ligasi 2-turi doirasida Niderlandiyani 1:0 hisobida engdi.
Bu Roberto Manchini qo'l ostidagi jamoaning so'nggi 13 ta o'yindagi 12-g'alabasi bo'ldi. Mag'lubiyatsiz o'yinlar ceriyasi esa 16 ta bellashuvga etdi.
Italiya termasi so'nggi bor 2018 yil 10 sentyabrida Millatlar Ligasi musobaqasi doirasida Portugaliyada 0:1 hisobida mag'lub bo'lgandi.
Italiyaliklarning navbatdagi raqibi Moldova bo'ladi. Bu o'yin o'rtoqlik maqomida bo'lib, 7 oktyabrga belgilangan.
Havola :
Fikrlar