06 iyu 06:10
Yangiliklar
Iydi Ramazon Hayiti muborak, aziz Vatandosh!
Yaratganning marhamati bilan oylar sultoni Mohi Ramazonning ulug' kunlariga belgilangan burch hamda vazifalarni baholi qudrat ado etdik.
SHu kunlarga etkazgani uchun o'ziga behad shukrlar, hamdu sanolar bo'lsin! Qilgan ibodatlarimiz, tutgan ro'zalarimiz Yaratganning dargohida qabul bo'lishiga, barchamizga mukarram oyning saodatidan ulushlar yozilishiga umidlarimiz yuksak.
Bugungi farovon, fayzli, qut-barokotlik yurtda yashab, Vatanning yuksalishi yo'lida halol mehnat qilayotgan Vatandoshlarimizga Iydi Ramazon hayit bayrami muborak bo'lsin!
Yaratgan shu muqaddas yurtimizning tinchligi, osmonimiz musaffoligini barqaror qilsin! Qalbingizda neki, pok tilaklar bo'lsa, barchasiz ijobat topsin! To'kin-sochinlik va farovonlik mudom barqaror bo'lsin!
Havola :
Fikrlar