So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

22 okt 08:30
Yangiliklar

SHaxmat

Jahon chempionati. Afruzada ketma-ket uchinchi g'alaba, Sindorov ham yutdi

Gruziyaning Batumi shahrida shaxmat bo'yicha o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda.

Bu galgi jahon chempionati 8, 10 hamda 12 yoshli shaxmatchilar o'rtasida tashkil etilyapti.

Dunyoning 100ga yaqin mamlakatidan istedodli shaxmatchilar ishtirok etayotgan musobaqada hamyurtlarimiz – aka-uka jahon chempionlari Islombek va Javohir Sindarov, Osiyo chempioni Humoyun Bekmurodov, qizlardan Maftuna Bobomurodova, Yuliya Xegay va Afruza Hamdamovalar yurtimiz sharafini himoya qilishyapti.

Sakkiz yoshlilar o'rtasidagi musobaqada imkoniyatini sinab ko'rayotgan Humoyun Bekmurodov 3-turda qora donalarda ozarboyjonlik Hoji-Ali Gafarovga qarshi baxs olib bordi va durangga erishdi.


O'n yoshli shaxmatchilar bahsida birinchi raqam ostida tasniflangan Islombek Sindorov qora donalarda o'ynashiga qaramay, chexiyalik Stepan Xrbekni mag'lub etdi.

O'n ikki yoshli shaxmatchilar musobaqasida ikkinchi tartib raqamli ishtirokchi bo'lgan Javohir Sindorov esa 3-turda hindistonlik Moxan Kushagra bilan murosaga keldi.

Qizlarimizdan Afruza Hamdamova barchani hayratlantirishda davom etyapti. Afruza ketma-ket uchinchi g'alabasini qo'lga kiritdi. U reytingda o'zidan yuqorida turgan ruminiyalik Aleksandra Mariyani taslim etdi.

Yuliya Xegay mo'g'ulistonlik Erdene Bat Gandi bilan durangga erishdi. Maftuna Bobomurodova esa polshalik Magdalena Pashikaga yutqazib qo'ydi. 


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing