So’nggi yangiliklar

17:10"У — монстр". Мераб Двалишвили Чимаев ҳақида фикр билдирди 0 16:49Алекс Перейра UFC оғир вазнида дебютга тайёргарлик кўрмоқда (ВИДЕО) 0 16:28"Очкўз бақалоқ, менга 1 миллиард бер". Усик — Фьюри билан трилогия ҳақида гапирди 0 16:07"Интер Майами" янги бош мураббий тайинлашга шошилмайди 0 15:46Райан Гарсиянинг навбатдаги рақиби маълум бўлди 0 15:25Осиё чемпионатининг иккинчи куни иккита медаль қўлга киритилди 0 15:04UFC чемпиони Карлос Ульберг муваффақиятли операция қилинди + ФОТО 0 14:43Эквадорда ҳакам отиб ўлдирилди 0 14:22Шу ёзда ММАнинг иккита қоидаси ўзгариши мумкин 0 14:01Иржи Прохазка биринчи марта ота бўлди + ФОТО 0 13:40Биринчи ракеткамиз Хитой турнири 1/2 финалига чиқди 0 13:19“Металлург” клубини ёпиб юборган шахс Интерпол қидирувига берилди 0 12:58Дзюдочиларимизнинг бири финалда, яна иккиси бронза медали учун курашади 0 12:37Мэнни Пакьяо: "Иноуэ менга ўхшайди" 0 12:16Двалишвили Илия Топурия билан машғулот ўтказишдан бош тортди 0

14 noy 09:27
Yangiliklar

SHaxmat

Jahon chempionati. Ikki shaxmatchi 1/2 finalda, yana ikki partiyada tay-brek o'ynaladi

Rossiyaning Xanti-Mansiysk shahrida shaxmat bo'yicha ayollar o'rtasida nokaut tizimidagi jahon chempionati davom etmoqda.

Jahon chempionatining sovrin jamg'armasi 450 000 AQSH dollarini tashkil qiladi va g'olib shaxmatchi 60 000 dollarga ega bo'ladi. Ushbu jahon chempionatida yurtimiz sharafini yagona vakilamiz, ayollar o'rtasida xalqaro grossmeyster Gulruhbegim Tohirjonova muvaffaqiyatli himoya qildi. 

Garchi u chorak final bosqichida ikki o'yin natijasiga ko'ra amaldagi jahon chempioni xitoylik Czyuy Venczyunga imkoniyatni boy bergan bo'lsa-da, Gulruhbegimning jahon chempionatidagi ishtiroki muvaffaqiyatli chiqdi. U reytingda o'zidan yuqorida turgan uch raqibni mag'lub etdi. Qora donalarda o'ynashiga qaramay, amaldagi jahon chempioni bilan durangga erishdi. 

Afsuski, tajriba muhim pallada o'z so'zini aytdi. Sakson birinchi yurishdan so'ng grossmeysterimiz o'z mag'lubiyatini tan oldi. SHu paytgacha o'zbekistonlik ayol shaxmatchilardan hech biri jahon chempionatining yarim final ostonasiga qadar etib kelmagan edi. 

Kechagi chorak finalning ikkinchi partiya uchrashuvlaridan so'ng Katerina Lagno va aynan Czyuy Venczyun yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Mariya Muzichuk - Abdumalik hamda Aleksandra Kostenyuk - Anna Muzichuk partiyalarida bugun hal qiluvchi tay-brek o'ynaladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing