26 dek 19:08
Yangiliklar
SHaxmat
Jahon chempionati. Nodirbek Abdusattorov - Magnus Karlsen partiyasi yakunlandi
Xabar berganimizdek, Qozog'istonning Almati shahrida shaxmatning rapid va blic yo'nalishlari bo'yicha jahon chempionatining birinchi kun bahslari davom etmoqda.
Umumiy mukofot jamg'armasi 1 million dollarni tashkil qiluvchi dunyo birinchiligida jami 281 nafar shaxmatchi jahon chempionligi uchun dona suradi. Ular orasida o'zbekistonlik shaxmatchilar, xususan rapid bo'yicha amaldagi jahon chempioni Nodirbek Abdusattorov ham bor.
To'rtinchi turda yuz foizlik natija qayd etib turgan rapid yo'nalishida amaldagi jahon chempioni Nodirbek Abdusattorov jahon tojdori Magnus Karsen o'zaro to'qnash kelishdi. Oq donalarda harakat qilgan Magnus g'alaba qozonishga muvaffaq bo'ldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar