16 mar 13:33
Yangiliklar
Xokkey
Jahon chempionatida eng yaxshi xokkeychi deb topilgan Azimov Toshkentda ularga hech narsa berilmaganidan norozi (FOTO)
Xabaringiz bor, 2-8 mart kunlari Gonkongda xokkey bo'yicha U-18 yosh toifasidagi Jahon chempionatining IIIA divizioni bahslari o'tkazilgan edi.
Musobaqada ishtirok etgan O'zbekiston yoshlar terma jamoasi divizionda Gongkong, Isroil, Turkiya, Bolgariya va Yangi Zeladniya ustidan g'alaba qozonib, birinchi o'rinni egallagan holda IIB divizioniga yo'llanmani qo'lga kiritgan edi.
Turnirning eng yaxshi o'yinchisi deb topilgan Salohiddin Azimov kecha Instagram sahifasi orqali muxlislarga quyidagicha murojaat qildi:
"Ko'pchilik mendan so'rayotgan savolga javob bermoqchiman. "Siz Jahon chempionatida g'olib chiqdingiz, finalda raqib jamoani mag'lub etdingiz va butun O'zbekistonni xursand etdingiz. Toshkentga qaytganingizda sizga nima berishdi?". Javob quyidagicha: Hech kim hech narsa bermadi. Olg'a O'zbekiston", deb yozgan sportchi.

Havola :
Manba : instagram.com/salah_azimov
Fikrlar