So’nggi yangiliklar

18:41Белбоғли кураш. Кучлилар Фарғонада аниқланди 0 18:10Майкл Моралес: "Махачевдаги камарни Эквадорга олиб кетаман" 0 17:39"Реал Мадрид" етакчиси билан янги шартнома имзолади 0 17:08"Хабиб фаолиятини якунлаётганида унга қўлимдан келган барча нарсани таклиф қилганман" - Дана Уайт 0 16:37Дана Уайт ташкил этмоқчи бўлган жангларни санаб берди 0 16:04Спорт курашлари бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди 0 15:33Афсонавий Роналдиньо профессионал футболга қайтиши сабабини ошкор қилди 0 15:02ММА жамоатчилигининг Харрисон - Нуньес жангига муносабати: "Тарихдаги энг ёмон режа" 0 14:31UFC 334 турнирининг бонус соҳиблари эълон қилинди 0 14:00Мераб Двалишвили "ишкалдаги дўсти" Саба Лазишвилига UFC томонидан шартнома таклиф этилганини айтди 0 13:29Банклар "Манчестер Сити"ни молиялаштиришдан бош тортмоқда 0 12:58Арман Царукян PFL ва Bellator жангчисига қарши баҳс олиб борди 0 12:27Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Давлат Бобоновга мухлислик қиламиз! 0 11:56Чемпионлар камарини муваффақиятли ҳимоя қилган UFC 334 турнирининг барча натижалари 0 11:25Жезуш Португалиянинг Даниядан йирик ҳисобда мағлуб бўлиши сабабларини айтди 0

27 dek 08:46
Yangiliklar

SHaxmat

Jahon chempionatida qatnashayotgan yagona ayol shaxmatchimiz hozircha 11-o'rinda!

Xabar berganimizdek, kecha tunda AQSHning Nyu-York shahrida shaxmat bo'yicha rapid va blic yo'nalishlari bo'yicha jahon chempionati boshlandi.

Ayollar o'rtasidagi dunyo birinchiligida yagona vakilamiz Afruza Hamdamova (2188) yurtimiz sharafini himoya qilmoqda. Yoshlar o'rtasida ikki karra jahon chempioni bo'lgan Afruza 4 imkoniyatdan 3 ochko jamg'arib, qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 11-o'rinni egallab turibdi. Ettinchi pog'onadagi ikki karra jahon chempioni Valentina Gunina (FIDE, 2388) hisobida ham 3 ochko bor. 

Hamdamova 1-turda qora donalarda harakat qilganiga qaramay, hindistonlik grossmeystr Rameshbabu Vayshali bilan durang o'ynadi. Ikkinchi turda reytingda o'zidan ancha yuqorida borayotgan Lela Javaxishvili (Gruziya, 2321)ni taslim etdi. Uchinchi turda qora donalarda o'ynab, Miaoyi Lu (Xitoy, 2317)dan ustun keldi. To'rtinchi turda uch karra jahon chempioni Anna Muzichuk (Ukraina, 2408) bilan murosaga keldi. 

Turnir jadvalida 4 imkoniyatdan 4 ochko jamg'argan mezbonlar vakilasi Alise Li (AQSH, 2415) yakka peshqadam bo'lib turibdi. Xitoyliklar Venjun Ju (2536) va Jong Yi Tan (2502), hindistonlik Harika Dronovalli (2416), gruziyalik Nino Batsiashvili (2333) hamda ozarbayjonlik Gunay Mammadzada (2319) hisobida 3,5 tadan ochko bor. 

AQSH sharafini himoya qilayotgan Gulruhbegim Tohirjonova 4 imkoniyatdan 2,5 ochko jamg'arib, qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 33-pog'onadan joy olgan. U 2 g'alaba, 1 durang va 1 mag'lubiyat qayd etgan. 

Beshinchi turda Afruza Hamdamova qora donalarda o'zi singari 3 ochkoga ega bo'lib turgan ruminiyalik Irina Bulmaga (2378) bilan hisob-kitob qiladi. Gulruhbegim Tohirjonova esa oq donalarda ukrainalik grossmeyster Mariya Muzichuk (2422)ga qarshi bahs olib boradi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing