23 noy 15:33
Yangiliklar
Taekvondo
Jahon chempionatida tarixiy natija qayd etgan taekvondochilarimiz yurtimizga qaytib kelishdi
13-20 noyabr kunlari Meksikaning Gvadalaxara shahrida taekvondo bo'yicha XXV Jahon chempionati bo'lib o'tadi.
Unda O'zbekiston terma jamoasi 1ta oltin, 1ta kumush va 2ta bronza medalini qo'lga kiritib umumjamoa hisobida dunyoda oltinchi o'rinni egalladi.
Bugun sportchilarimiz Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida kutib olindi. Kutib olish marosimida Sportni rivojlantirish vaziri o'rinbosari SHahrillo Mahmudov, O'zbekiston taekvondo WT associaciyasi mutasaddilari, sportchilarning yaqinlari va OAV xodimlari ishtirok etishdi.
Jahon chempionati sovrindorlari:
Oltin - Svetlana Osipova
Kumush - Niyaz Po'latov
Bronza - Nikita Rafalovich
Bronza - Feruza Sodiqova
Havola :
Fikrlar