So’nggi yangiliklar

22:02Ян ММА тарихидаги уч буюк жангчини айтди 0 21:16"Башакшеҳир" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаевдан гол + ВИДЕО 0 20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0 10:45Эл класико вақтида "Реал" ҳимоячисининг хонадонига ўғрилар кирди — El Mundo 0

27 dek 18:39
Yangiliklar

SHaxmat

Jahon chempionatining 8-turida qolgan shaxmatchilarimiz qanday natija qayd etishdi?

Almati shahri mezbonlik qilayotgan shaxmatning rapid va blic yo'nalishlari bo'yicha jahon chempionatining ikkinchi kungi bahslari davom etmoqda.

Biroz avval rapid yo'nalishi bo'yicha 8-tur uchrashuvlari yakunlandi. Rapid bo'yicha amaldagi jahon chempioni Nodirbek Abdusattorov 8-turda oq donalarda rossiyalik Vladimir Fedoseev bilan murosaga keldi. Bu bilan Nodirbek ochkolari sonini 6,5 taga etkazib, qo'shimcha koeficentlarga ko'ra 2-o'ringa ko'tarilib oldi. Bu turda amaldagi jahon toji sohibi Magnus Karlsen rossiyalik Daniil Dubov bilan durang o'ynadi. 

Birinchi ayol grossmeysterimiz Nafisa Mo'minova qora donalarda harakat qildi va 12-jahon chempioni, rossiyalik Aleksandra Kostenyukka imkoniyatni boy berib qo'ydi. Bu turda Umida Omonova g'alaba qozondi, Afruza Hamdamova esa yutqazdi.  

Quvonarlisi, Javohir Sinadarov, SHamsiddin va Jahongir Vohidov, Muhiddin Madaminov bu turda raqiblarini mag'lub eta olishdi. 


SHaxmatchilarimizning 8-turdagi natijalari (erkaklar): 

Nodirbek Abdusattorov (2676) - Vladimir Fedoseev (FIDE, 2741) 0,5-0,5

Ivan CHeparinov (Bolgariya, 2652) - Nodirbek Yakubboev (2573) 0,5-0,5

Vasif Durarbayli (Ozarbayjon, 2513) - Javohir Sindarov (2596) 0-1

Ramazan Jalmaxanov (Qozog'iston, 2399) - Jahongir Vohidov (2529) 0-1

Lev Zverev (FIDE, 2257) - SHamsiddin Vohidov (2481) 0-1

Srinat Narayanan (Hindiston, 2518) - Muhiddin Madaminov (2337) 0-1

Muhammadzohid Suyarov (2089) - Arjun Kalyan (Hindiston, 2426) 0-1

Frederik Sven (Germaniya, 2466) - Humoyun Begmuratov (2292) 1-0


Qizlarimizning 6-turdagi natijalari:

Aleksandra Kostenyuk (FIDE, 2537) - Nafisa Mo'minova (2242) 1-0

Umida Omonova (2059) - Nomin-Erdene (Mo'g'uliston, 2304) 1-0 

Afruza Hamdamova (2052) - Rout Radmini (Hindiston, 2290) 0-1

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing