So’nggi yangiliklar

15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0

28 dek 08:01
Yangiliklar

SHaxmat

Jahon chempionatining ikkinchi kunidan keyin Nodirbek va Javohir Top-10`talikda, peshqadam bilan farq 0,5 ochko!

SHu kunlarda AQSHning Nyu-York shahrida shaxmatning rapid va blic yo'nalishlari bo'yicha Jahon chempionati davom etmoqda.

Dunyo birinchiligining ikkinchi kuni rapid bo'yicha 4 ta tur partiyalari o'ynaldi. Jahonning ko'zga ko'ringan shaxmatchilari qatori O'zbekiston terma jamoasining etakchi grossmeysterlari ham sovrinli o'rinlar uchun bahs olib borishyapti. Blic va rapid bo'yicha amaldagi jahon chempioni Magnus Karlsen 8-turdan keyin musobaqani tark etdi. U nafaqat rapid, balki blic bahslarida ham qatnashmaydi. Jahon chempionati bu yog'iga Magnussiz davom etadi. Norvegiyalik shaxmat yulduzi 8 imkoniyatdan 5 ochko jamg'arib, qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 68-o'rinni egallagan. 

Hamyurtlarimiz orasidan Nodirbek Abdusattorov (2740) va Javohir Sindarov (2655) eng yaxshi ko'rsatkichga ega bo'lib turibdi. Jahon chempionatida 9-raqam ostida tasniflangan Nodirbek ikki kunlik bahslarda 6 g'alaba, 1 durang va 2 mag'lubiyat qayd etdi. U 3-turda qora donalarda amerikalik Aleksandr Lenderman (2621)ga imkoniyatni boy bergandi. Bugun tunda Daniel Narodickiy (AQSH, 2638) ham Nodirbekni mag'lub eta oldi. Abdusattorov 6-turda Raunak Sadhvani (Hindiston, 2591), 8-turda esa Alan Pichot (Ispaniya)ni mag'lubiyatga uchratdi. 9-turda qora donalarda Aleksandr Grishuk (FIDE, 2675) bilan murosaga keldi.  

SHu tariqa, Nodirbek Abdusattorov 9 imkoniyatdan 6,5 ochko jamg'arib, qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 7-o'ringa ko'tarilib oldi. Birinchi kungi bahslardan so'ng u 9-pog'onani egallab turgandi. Beshinchi o'rindagi amerikalik Samuel Sevianda ham 6,5 ochko bor. 

Yana bir grossmeysterimiz Javohir Sindarov ham 9 imkoniyatdan 6,5 ochko to'pladi. U qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 4 g'alaba va 5 durang bilan 14-pog'onadan 9-o'ringa ko'tarilib oldi. Javohir 9 ta turda hali yutqazmadi va bu zo'r natija! Sindarov amerikalik nomdor shaxmatchilar Hikaru Nakamura (AQSH, 2755), Lener Dominges (AQSH, 2699) va Daniel Narodickiy (AQSH, 2638) bilan durang o'ynadi. Turkiyalik Isik Kanni esa taslim etdi. 

Qolgan shaxmatchilarimizning ishtirokiga to'xtaladigan bo'lsak, Jahongir Vohidov ikkinchi kungi uchrashuvlarni yaxshi o'tkazdi. U 4 imkoniyatdan 3 ochko jamg'arib, 5,5 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 79-pog'onadan 37-o'ringa ko'tarilib oldi. SHamsiddin Vohidov 4 ochko bilan aksincha, 70-o'rindan 120-pog'onaga tushib ketdi. Muhiddin Madaminov esa 4 ochko bilan 125-pog'onada bormoqda. 

Beshinchi turdan so'ng to'rt nafar ishtirokchi - Volodar Murzin (FIDE, 2588), Yan-Krishtof Duda (Polsha, 2740), Arjun Ergaisi (Hindiston, 2694) va Aleksandr Grishuk (FIDE, 2675) 7 ochkodan to'plab, qo'shhokimlik qilishyapti. O'n nafar shaxmatchi 6,5 ochkodan jamg'argan. Ular orasida Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov ham bor.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing