23 apr 12:58
Yangiliklar
SHaxmat
Jahon chempioni Afruza Hamdamova 123 mln pul mukofoti bilan taqdirlandi (VIDEO)
Serbiyaning Vrnjacka Banja shahrida shaxmat bo'yicha 8-18 yosh toifasida rapid va blic yo'nalishi bo'yicha Jahon chempionati bo'lib o'tdi.
Xabar berganimizdek, hamyurtimiz Afruza Hamdamova 18 yoshgacha qizlar o'rtasida rapid bahslarida 8,5 ochko jamg'arib, Jahon chempioniga aylandi.
Kuni kecha Hamdamova boshchiligida shaxmatchilarimiz Vatanga qaytib kelishdi. Uni kutib olgan O'zbekiston shaxmat federaciyasi mutasaddilari Afruzaga musobaqa g'olibligi uchun 123 mln 600 ming so'm pul mukofotini topshirdi.
Bundan tashqari, musobaqada yuqori natija qayd etgan boshqa shaxmatchilarimiz ham pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar