So’nggi yangiliklar

17:32Жаҳон кубоги. Финал чиптаси учун кечаётган ўзбек дербисининг иккинчи партияси ўтказилди 0 17:11Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Кореяга имкониятни бой берди 0 16:50Павел Дуров Хабибнинг машҳур папахалари кимошди савдосига қўйилишини маълум қилди 0 16:29Ўзбекистонлик ёш шахматчи Осиё чемпиони бўлди 0 16:08Пётр Ян реванш мақомидаги чемпионлик жанги учун АҚШга йўл олди + ФОТО 0 15:47"Лига кучайиб қолмади": Ла Лига президенти Саудия Арабистони чемпионатини танқид қилди 0 15:26"Ҳумо" Бишкек клубини 16:1 ҳисобида мағлуб этди 0 15:05Дэн Хукер Арман Царукян жароҳат олганини айтмоқда + ФОТО 0 14:44Жорж Сент-Пьерр: "Чимаевни тўхтатиб бўлмайдиганга ўхшаяпти" 0 14:23"Барселона" ва ПСЖ УEФА томонидан муаммога учради. Нима бўлди? 0 14:01Мария Шарапова Уимблдон чемпионлги билан қайси ғалабасини тенг қўйиши мумкинлигини айтди 0 13:40Крис Вайдмен сафдан чиқди, Андерсон Сильвага янги рақиб берилди 0 13:19Қойил! Усик Энтони Жошуани Жейк Пол билан жангга тайёрлайди 0 12:58"Қизилқум" "Нефтчи"ни ютса, ҳар бир футболчи 40 миллион сўмдан олади 0 12:37Камару Усман Фрэнсис Нганнуни ҳимоя қилди 0

22 jan 11:14
Yangiliklar

Futbol

Jahon futboli yulduzi Roberto Karlos Toshkentga keladi

O'zbekiston futbol associaciyasi jahonga mashhur futbol yulduzlarini yurtimizga taklif qilib, bu orqali mamlakatimizda futbolni yanada ommalashtirish, rivojlantirish va yosh avlod o'rtasida futbolga bo'lgan qiziqishni yanada oshirish bo'yicha bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Jumladan, 28 yanvar kuni jahon futboli yulduzi, Braziliya terma jamoasi tarkibida Jahon chempioni degan yuksak nomga sazovor bo'lgan himoyachi afsonaviy Roberto Karlos Toshkentga tashrif buyuradi.

Roberto Karlos tashrifi davomida yosh futbolchilarga master-klasslar o'tkazib, mehribonlik uyidagi bolajonlar bilan uchrashishi ko'zda tutilgan. SHuningdek, braziliyalik futbolchi ishtirokida OAV vakillari uchun matbuot anjumani ham tashkil qilinadi. Roberto Karlosning tashrifiga doir tadbirlar, jumladan, matbuot anjumanining vaqti va bo'lib o'tadigan joyi keyinroq alohida elon qilinadi.

Bundan tashqari, o'zbekistonlik mashhur futbol yulduzlari va faxriylar ishtirokida 10 daqiqadan iborat 2 bo'limli o'rtoqlik o'yini tashkil qilinadi. Roberto Karlos bu uchrashuvda har ikki jamoa tarkibida bittadan taymda maydonga tushadi.

SHuningdek, tashrif davomida Roberto Karlosni o'zbek futboli bilan yaqindan tanishtirish ham rejalashtirilgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing