15 noy 11:36
Yangiliklar
Jahon kubogi, 1/8 final. Javohirda g'alaba, Nodirbek durang o'ynadi
Dunyoning 206 nafar shaxmatchisi ishtirokida boshlangan nufuzli musobaqaning 1/8 final ilk uchrashuvlari o'tkazildi. 19 yoshli Javohir Sindarov dramatik kechgan bahsda germaniyalik grossmeyster Frederik Svenni mag'lubiyatga uchratdi. Sven uchinchi bosqichda amaldagi jahon chempioni hindistonlik Gukesh Dommaradjuni 1,5:0,5 hisobida mag'lubiyatga uchratgan edi.
Beshinchi davraga etib kelgan ikkinchi grossmeysterimiz Nodirbek Yakubboev armanistonlik Gabriel Sargissyan bilan durang o'ynadi. Bugun shaxmatchilar o'rtasida javob uchrashuvlari o'tkaziladi. Sindarovni durang natija ham 1/4 finalga olib chiqadi. Partiyalar bizning vaqt bilan soat 14:45da boshlanadi.
Javohir Sindarov — Frederik Sven (Germaniya) - 1:0
Nodirbek Yakubboev — Gabriel Sargissyan (Armaniston) - 0,5:0,5
Eslatib o'tamiz, SHamsiddin Voxidov va Nodirbek Abdusattorov uchinchi bosqichda raqiblariga imkoniyatni boy berib, jahon Kubogidagi ishtiroklarini yakunlagan edi. Ular 11 000 AQSH dollari miqdoridagi pul mukofotini qo'lga kiritishdi.

Fikrlar