So’nggi yangiliklar

13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0 14:18Шакур Стивенсон Zuffa Boxing’дан кетганини эълон қилди 0 13:19Шожҳаҳон Эргашевни Озарбайжон ва Қирғизистондан жангга чорлашди 0

21 noy 18:13
Yangiliklar

SHaxmat

Jahon kubogi. Final chiptasi uchun kechayotgan o'zbek derbisining ilk partiyasi yakunlandi

Hindistonning Goa shahrida davom etayotgan shaxmat bo'yicha umumiy mukofot jamg'armasi 2 million AQSH dollarini tashkil qiluvchi Jahon kubogida 1/2 final bahslari boshlandi.

Xabaringiz bor, ushbu bosqichga ikki grossmeysterimiz Nodirbek Yakubboev va Javohir Sindarov etib kelgandi. Ular 1/2 finalda bir-birlariga qarshi tushib qolishgan edi. Biroz avval yarim finalning ilk partiyasi yakunlandi. Har ikki shaxmatchimiz ham bexato o'ynagan uchrashuvda durang natija qayd etildi. Bugun Yakubboev oq donalarda harakat qildi. Ertaga yarim finalning ikkinchi partiyasi o'tkaziladi va endi Sindarov oq donalarda o'ynaydi. Durang bo'lib qolgan taqdirda ertadan keyin hal qiluvchi tay-brek partiyalariga murojaat qilinadi.  

Eslatib o'tamiz, 1/2 finalda g'alaba qozongan shaxmatchilar Jahon toji uchun kechadigan Davogarlar turniri chiptasini qo'lga kiritadi. Yarim finalda yutqazganlar esa o'zaro 3-o'rin uchun bahsda so'nggi yo'llanma taqdirini hal qiladilar. Har qanday holatda ham Davogarlar turniriga aniq bir shaxmatchimiz yo'llanmani qo'lga kiritadi. Ikkinchisida ham oxirigacha imkoniyat saqlanib qoladi. 

Ayni daqiqalarda ikkinchi 1/2 final juftligida rossiyalik Andrey Esipenko xitoylik Vey Yiga qarshi dona suryapti. Hozircha doskada tenglik holati bo'lib turibdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing