24 avg 09:07
Yangiliklar
Jahon Kubogi. Finalning ikkinchi partiyasida yana murosa, Abasov imkoniyatdan foydalana olmadi
Erkaklar o'rtasidagi bahslarda final hamda 3-o'rin uchun uchrashuvning ikkinchi partiyalari o'ynaldi. Uchinchi o'rin uchun kechayotgan uchrashuvda musobaqa kashfiyotiga aylangan ozarbayjonlik Nijat Abasov dunyo reytingida uchinchi o'rinni egallab turgan amerikalik Fabiano Karuanani mag'lub etishni uddalagandi. Ikkinchi partiyada Karuana g'alaba qozonib, muvozanatni tikladi.
Hal qiluvchi final bahsida esa sobiq jahon chempioni, norvegiyalik Magnus Karlsen yana bir kashfiyot, hindistonlik iqtidor egasi Rameshbabu Praggnanandha bilan ikkinchi partiyada ham durang o'ynadi. Bugun har ikki uchrashuvda g'olib nomini aniqlab beruvchi qo'shimcha tay-brek partiya o'tkaziladi.
Eslatib o'tamiz, Bokudagi jahon Kubogi chempionlik toji uchun saralash vazifasini ham o'tab beryapti. Kuchli uchlikdan joy olgan grossmeysterlar davogarlar musobaqasiga yo'llanmani qo'lga kiritadi.
Jahon Kubogi. Erkaklar. Final. Ikkinchi partiya
Rameshbabu Praggnanandxa (Hindiston) - Magnus Karlsen (Norvegiya) – 1:1
Jahon Kubogi. Erkaklar. 3-o'rin uchun bahs. Ikkinchi partiya
Fabiano Karuana (AQSH) - Nijat Abasov (Ozarbayjon) – 1:1
Fikrlar