24 noy 19:19
Yangiliklar
SHaxmat
Jahon kubogi. Javohir Sindarov 1-partiyada durang qayd etdi
Hindistonda shaxmat bo'yicha kattalar o'rtasidagi Jahon kubogi o'tkazilmoqda.
Ushbu musobaqada hamyurtimiz Javohir Sindarov finalga etib kelgani haqida xabar qilgandik.
Bugun u finaldagi raqibi, xitoylik Vey Yiga qarshi 1-partiya o'yinini o'tkazdi.
Ilk partiyada tomonlar murosa yo'lini tanladi.
Endi grossmeysterlar ertaga 2-partiyada g'olib nomini aniqlashga urinib ko'rishadi. Agar ushbu bahsda durang qayd etilsa, g'olib tay-breykda aniqlanadi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar