13 noy 11:30
Yangiliklar
Jahon kubogi. Nodirbek 1/8 finalga chiqdi, Javohir bugun tay-brekda o'ynaydi
Dunyoning 206 nafar shaxmatchisi ishtirokida boshlangan nufuzli musobaqaning 1/16 final bosqichida ikkinchi uchrashuvlar bo'lib o'tdi. Nodirbek Yakubboev hindistonlik grossmeyster Venkatesh Pranav bilan durangga imzo chekkandi. Ikkinchi partiyada shaxmatchimiz nomdor raqibini mag'lub etishga muvaffaq bo'ldi va 1/8 finalga yo'l oldi.

Javohir Sindarov esa xitoylik YU Yan I bilan murosaga kelgandi. SHaxmatchilar o'rtasidagi ikkinchi partiyada ham g'olib aniqlanmadi. Bugun grossmeysterlar hal qiluvchi tay-brekda nimchorak final yo'llanmasi taqdirini hal qilishadi.

Javohir Sindarov — YU Yan I (Xitoy) - 1:1
Nodirbek Yakubboev — Venkatesh Pranav (Hindiston) - 1,5:0,5

Eslatib o'tamiz, SHamsiddin Voxidov va Nodirbek Abdusattorov uchinchi bosqichda raqiblariga imkoniyatni boy berib, jahon Kubogidagi ishtiroklarini yakunlagan edi. Ular 11 000 AQSH dollari miqdoridagi pul mukofotini qo'lga kiritishdi.
Fikrlar