10 noy 09:52
Yangiliklar
Jahon kubogi. Nodirbek ham 4-bosqichga chiqdi
Dunyoning 206 nafar shaxmatchisi qatnashishni boshlagan nufuzli musobaqaning 1/32 final bosqichida tay-brek uchrashuvlari bo'lib o'tdi. Nodirbek Yakubboev vetnamlik taniqli grossmeyster Tay Van Nguen bilan asosiy ikki partiyada 1:1 hisobidagi durangga imzo chekkandi. Kecha ular o'rtasida o'tkazilgan hal qiluvchi tay-brek partiyalarida Yakubboev nomdor raqibini mag'lubiyatga uchratdi - 3:1.
SHu tariqa, ikki grossmeysterimiz Nodirbek Yakubboev va Javohir Sindarov Jahon kubogidagi yurishlarini davom ettirishadi. Sindarov uchinchi bosqichda greciyalik Nikolas Teodoruni ikki o'yin natijasiga ko'ra 1,5:0,5 hisobida taslim etib, to'rtinchi davra ishtirokchisiga aylangandi.
Grossmeysterlarimizning to'rtinchi bosqichdagi raqiblari:
Javohir Sindarov — YU Yan I (Xitoy)
Nodirbek Yakubboev — Venkatesh Pranav (Hindiston)

Fikrlar