12 noy 12:13
Yangiliklar
Jahon kubogi. Nodirbek va Javohir 4-bosqichning ilk partiyasida qanday natija qayd etdi?
Dunyoning 206 nafar shaxmatchisi ishtirokida boshlangan nufuzli musobaqaning 1/16 final bosqichida ilk uchrashuvlari bo'lib o'tdi. Nodirbek Yakubboev hindistonlik grossmeyster Venkatesh Pranav bilan durangga imzo chekdi. Javohir Sindarov esa xitoylik YU Yan I bilan murosaga keldi.
Bugun grossmeysterlar o'rtasidagi ikkinchi uchrashuv o'tkaziladi. Durang bo'lgan taqdirda ertaga pley-off partiyalari orqali g'olib aniqlanadi. Bugungi javob uchrashuvlari ham bizning vaqt bilan soat 14:30da boshlanadi.
Javohir Sindarov — YU Yan I (Xitoy) - 0,5:0,5
Nodirbek Yakubboev — Venkatesh Pranav (Hindiston) - 0,5:0,5
Eslatib o'tamiz, SHamsiddin Voxidov va Nodirbek Abdusattorov uchinchi bosqichda raqiblariga imkoniyatni boy berib, jahon Kubogidagi ishtiroklarini yakunlagan edi. Ular 11 000 AQSH dollari miqdoridagi pul mukofotini qo'lga kiritishdi.



Fikrlar