So’nggi yangiliklar

13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0 14:18Шакур Стивенсон Zuffa Boxing’дан кетганини эълон қилди 0 13:19Шожҳаҳон Эргашевни Озарбайжон ва Қирғизистондан жангга чорлашди 0

09 noy 12:35
Yangiliklar

SHaxmat

Jahon kubogi. SHaxmatchimiz 4-bosqichda, yana birida imkoniyat saqlanib qoldi, ikkisida esa mag'lubiyat

Hindistonning Goa shahrida shaxmat bo'yicha umumiy mukofot jamg'armasi 2 million AQSH dollarini tashkil qiluvchi Jahon kubogi bo'lib o'tmoqda.

Dunyoning 206 nafar shaxmatchisi qatnashishni boshlagan nufuzli musobaqaning 1/32 final bosqichida ikkinchi uchrashuvlar bo'lib o'tdi. Afsuski, javob uchrashuvlaridan so'ng ikki grossmeysterimiz musobaqadagi ishtirokini yakunladi. Nodirbek Abdusattorov meksikalik Xose Martines Alkantaraga ikkinchi uchrashuvda ham yutqazib qo'ydi. 

SHamsiddin Vohidov reytingda o'zidan yuqorida borayotgan hindistonlik Arjun Ergaisi bilan durang o'ynadi, ammo birinchi bahsdagi mag'lubiyat sabab u ham Jahon kubogidagi ishtirokini to'xtatdi. Har ikki grossmeysterimiz 11 000 AQSH dollari miqdoridagi mukofot puliga ega bo'ldi.  

Javohir Sindarov greciyalik Nikolas Teodoruni chiroyli tarzda mag'lubiyatga uchratdi. Birinchi uchrashuvda tomonlar murosaga kelishgandi. Javohir ikki o'yin natijasiga ko'ra 1,5:0,5 hisobida g'alaba qozonib, to'rtinchi davra ishtirokchisiga aylandi. Nodirbek Yakubboev vetnamlik taniqli grossmeyster Tay Van Nguen bilan ikkinchi uchrashuvda ham durang o'ynadi. Bugun ular o'rtasida hal qiluvchi tay-brek partiyalari o'ynaladi. 

Grossmeysterlarimizning uchinchi bosqichdagi ilk natijalari: 

Nodirbek Abdusattorov - Xose Martines Alkantara (Meksika) — 0:2 

Javohir Sindarov - Nikolas Teodoru (Greciya) — 1,5:0,5

Nodirbek Yakubboev - Tay Van Nguen (Vetnam) — 1:1

SHamsiddin Vohidov - Arjun Eragisi (Hindiston) — 0,5:1,5

Nomzodlar turniri yo'llanmasi uchun kechayotgan Jahon kubogining bugungi pley-off uchrashuvlari bizning vaqt bilan soat 14:30da boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing