So’nggi yangiliklar

17:20Расман: "Арсенал" собиқ ярим ҳимоячиси АПЛга қайтди 0 16:59Рой Жонс: "Мен Усикни мағлуб этиш йўлини топган бўлардим" 0 16:38Леннокс Льюис Усикни енгиши мумкин бўлган боксчи кимлигини айтди 0 16:14Лазизбек Мулложоновда антидопинг қоидаларини бузиш борасида муаммолар пайдо бўлди, унинг мураббийи вазиятга изоҳ берди 0 15:50Расман: Луис Диас – "Бавария" футболчиси 0 15:24Esports World Cup Chess. Бироздан сўнг Нодирбек ва Жавоҳир сўнгги имкониятдан фойдаланади, рақиблар маълум 0 15:03"Хамзатдан қочиш керак эмас". UFC собиқ чемпиони Дю Плессига маслаҳат берди 0 14:41Esports World Cup Chess. Абдусатторов Магнус Карслен, Синдаров Ҳикару Накамурага қарши ўйнади 0 14:20"Камп Ноу"да чим ётқизиш ишлари бошланди (ФОТО) 0 13:59Теннисчиларимизнинг омадсизликлари давом этди 0 13:35Ҳафта якунида ўтказиладиган UFC Vegas 108 турнирининг тўлиқ карди билан танишинг 0 13:14Адҳам Икрамов, Отабек Умаров ва Ойбек Касимов Сингапурда WADA Президенти билан учрашди 0 12:53Эрон матбуоти: Машарипов жароҳат олди 0 12:32Австралиядаги UFC турнири учун Гусковнинг вазнидаги рейтинг жанги қўшилди 0 12:10U-19 волейбол терма жамоамиз бугун ЖЧ нимчорак финалида ўйнайди, рақиб — Италия 0

08 okt 19:01
Yangiliklar

Engil atletika

Jahon sportining tirik afsonasi MOQda mehmon bo'ldi+FOTO

Afsonaviy sportchi, langarcho'p bilan sakrash musobaqalarida faoliyati davomida 35 marotaba jahon rekordlarini o'rnatgan Sergey Bubka O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasiga tashrif buyurdi.

Bubka hozirda Xalqaro Olimpiya qo'mitasi ijroiya qo'mitasi azosi, Butunjahon engil atletika federaciyasi vice-prezidenti hamda Ukraina Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti xisoblanadi.

Etiborlisi, bundan sal kam uch yil avval poytaxtimizda bunyod etilayotgan Milliy olimpiya qo'mitasi yangi binosining poydevoriga birinchi g'ishtni aynan Sergey Nazarovich qo'yib bergan edi.


Bugungi kunda Toshkent ko'rkiga ko'rk ko'shib turgan Milliy olimpiya qo'mitasi binosiga Sergey Bubka Osiyo engil atletika federaciyasi vice-prezidenti Aleksey Kondrat hamda O'zbekiston engil atletika federaciyasining bosh kotibi Evgeniy Nujdinlar hamrohligida tashrif buyurdi.

Martabali mehmonni Madaniyat va sport ishlari vazirining birinchi o'rinbosari Murod Aliev va Milliy olimpiya qo'mitasi bosh kotibi Oybek Kasimovlar kutib olishdi.

Sergey Bubka binoni ko'zdan kechirar ekan qisqa vaqt mobaynida ana shunday ulkan inshootning qurib bitkazilishi va foydalanishga topshirilishi, qolaversa bu erda nafaqat Milliy olimpiya qo'mitasi, balki Markaziy Osiyoda yagona hisoblangan Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazining barpo etilishiga yuqori baho berdi.


Yaqin o'tmishning sport afsonasi Milliy olimpiya qo'mitasida joylashgan kichik muzey, majlislar zali, Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazini ko'zdan kechirdi. Bu erda yaratilgan sharoitlarni ko'rib hayratini yashira olmadi va O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasini dunyoning boshqa mamlakatlariga o'rnak sifatida ko'rsatish maqsadga muvofiq bo'lishini takidladi.


SHundan so'ng, muzokaralar zalida Sergey Bubka ikkala tomon o'rtasida hamkorlik memorandumini imzolashni taklif qildi. Unga ko'ra O'zbekiston va Ukraina Milliy olimpiya qo'mitalari sportchilarni tayyorlash, murabbiylar malakasini oshirish, sport tibbiiyoti masalalarida tajriba almashish foydadan holi bo'lmasligiga alohida urg'u berdi.


SHuningdek suhbat davomida O'zbekistonning sport salohiyatiga yuqori baho berar ekan Ukraina Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti yurtimiz sportchilarining XXXI yozgi Olimpiya o'yinlarida erishgan natijalariga alohida to'xtalib o'tdi.

Bu muvaffaqiyatlar o'z o'zidan qo'lga kiritilmaganligi, O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov buyuk inson bo'lganligi va sport taraqqiyoti yo'lida katta ishlar qilganligini takidlab o'tdi. Rio-de-Janeyroda qo'lga kiritilgan bu muvafaqiyatlar zamirida eng avvalo ana shu insonning xizmatlari yotganligini takidladi.

Malumki, O'zbekiston so'nggi yillarda sportning bir necha turlari bo'yicha yirik xalqaro musobaqalarga mezbonlik qildi. Butunjahon engil atletika federaciyasining vice-prezidenti sifatida Sergey Nazarovich O'zbekiston endi engil atletika bo'yicha ham turli yosh toifalari bo'yicha Osiyo chempionatlarini qabul qilishga tayyor ekanligini bildirdi va bu borada yaqin orada mamlakatimizda sportning ushbu turi bo'yicha nufuzli xalqaro musobaqa o'tkazish taklifini bildirdi. Osiyo engil atletika federaciyasi vice-prezidenti Aleksey Kondrat ham uning taklifini qo'llab quvvatladi.

Milliy olimpiya qo'mitasiga qilgan tashrifi yakunida Sergey Bubka taklif va mulohazalar daftariga o'zining samimiy tilaklarini yozib qoldirdi.

SHuningdek, O'zbekiston delegaciyasi 2020-yilgi Tokio mezbonlik qiladigan navbatdagi Oliimpiya o'yinlarida o'z natijalarini bundanda yaxshilay olishiga ishonishini, buning uchun serquyosh diyorimizda barcha sharoitlar etarli ekanligini alohida takidladi.

O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi nomidan martabali mehmonga qo'mita bosh kotibi Oybek Kasimov esdalik sovg'alarini topshirdi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing