12 may 14:39
Yangiliklar

Jahon toji uchun match. Bugundan derbidagi kurash CHuncinga ko'chdi
Unda xitoylik ikki shaxmat malikasi - amaldagi jahon chempioni Tan CHjuni (2522) hamda davogarlar o'rtasidagi nokaut-turniri g'olibasi Czyuy Venczyun (2571) o'zaro dona suryapti. Har ikki xalqaro grossmeyster ham 1991 yilda tavallud topgan.
Match 10 partiyadan iborat bo'lib, tomonlarning biri 5,5 ochko jamg'arguniga qadar davom etadi. Ochkolar teng bo'lib qolgan taqdirda hal qiluvchi tay-breykka murojaat qilinadi. Bugundan bahslar Tan CHjunining ona vatani hisoblangan CHuncinda davom ettiriladi.
Hozircha Venczyun amaldagi chempionni 3,5:1,5 hisobida mag'lubiyatga uchratmoqda. Bugun ikki kunlik dam olishdan so'ng 6-partiya uchrashuvi o'tkaziladi. Hozircha so'nggisi bo'lib turgan beshinchi partiyada Czyuy Venczyun qora donalarda o'ynashiga qaramay g'alaba qozongan edi.
Fikrlar