14 may 08:59
Yangiliklar

Jahon toji uchun match. Ettinchi turda g'olib aniqlanmadi
Unda xitoylik ikki shaxmat malikasi - amaldagi jahon chempioni Tan CHjuni (2522) hamda davogarlar o'rtasidagi nokaut-turniri g'olibasi Czyuy Venczyun (2571) o'zaro dona suryapti.
Match 10 partiyadan iborat bo'lib, tomonlarning biri 5,5 ochko jamg'arguniga qadar davom etadi. Ochkolar teng bo'lib qolgan taqdirda hal qiluvchi tay-breykka murojaat qilinadi. Dastlabki 5ta partiya Venczyun tug'ilib o'sgan SHanxay shahrida o'tkazilgandi. Qolgan partiyalarga Tanning vatani CHuncin shahri mezbonlik qilyapti.
Hozircha Venczyun amaldagi chempionni 4:3 hisobida mag'lubiyatga uchratmoqda. Kecha o'tkazilgan 7-partiyada tomonlar murosaga kelishdi. Bugun turnirda dam olish kuni sifatida elon qilingan. Ertaga, 15 may kuni 8-partiyada Tan qora donalarda o'ynaydi.
Fikrlar