16 may 11:37
Yangiliklar
Jahon toji uchun match. Sakkizinchi turda ham murosayu madora
Unda xitoylik ikki shaxmat malikasi - amaldagi jahon chempioni Tan CHjuni (2522) hamda davogarlar o'rtasidagi nokaut-turniri g'olibasi Czyuy Venczyun (2571) o'zaro dona suryapti.
Match 10 partiyadan iborat bo'lib, tomonlarning biri 5,5 ochko jamg'arguniga qadar davom etadi. Ochkolar teng bo'lib qolgan taqdirda hal qiluvchi tay-breykka murojaat qilinadi. Dastlabki 5ta partiya Venczyun tug'ilib o'sgan SHanxay shahrida o'tkazilgandi. Qolgan partiyalarga Tanning vatani CHuncin shahri mezbonlik qilyapti.
Hozircha Venczyun amaldagi chempionni 4,5:3,5 hisobida mag'lubiyatga uchratmoqda. Kecha o'tkazilgan 8-partiyada tomonlar murosaga kelishdi. Agar bugun qora donalarda harakat qiladigan Czyuy g'alaba qozonsa, match muddatidan avval to'xtatiladi va Venczyun yangi jahon chempioniga aylanadi.
Fikrlar