10 may 11:48
Yangiliklar

Jahon toji uchun match. Venczyun Xitoy derbisida yaqqol ustun
Unda xitoylik ikki shaxmat malikasi - amaldagi jahon chempioni Tan CHjuni (2522) hamda davogarlar o'rtasidagi nokaut-turniri g'olibasi Czyuy Venczyun (2571) o'zaro dona surishyapti. Har ikki xalqaro grossmeyster ham 1991 yilda tavallud topgan.
Match 10 partiyadan iborat bo'lib, tomonlarning biri 5,5 ochko jamg'arguniga qadar davom etadi. Ochkolar teng bo'lib qolgan holatda hal qiluvchi tay-breykka murojaat qilinadi. Kecha o'tkazilgan beshinchi partiyada Czyuy Venczyun qora donalarda o'ynashiga qaramay g'alaba qozondi.
Bugundan bahslar Tan CHjunining ona vatani hisoblangan CHuncinda davom ettiriladi. Hozircha Venczyun amaldagi chempionni 3,5:1,5 hisobida mag'lubiyatga uchratmoqda. Bugun va ertaga dam olish kuni sifatida elon qilingan. 12 may kuni 6-partiya uchrashuvi o'tkaziladi.
Fikrlar