07 may 08:02
Yangiliklar

Jahon toji uchun match. Venczyun yana g'alaba qozondi
Unda xitoylik ikki shaxmat malikasi - amaldagi jahon chempioni Tan CHjuni (2522) hamda davogarlar o'rtasidagi nokaut-turniri g'olibasi Czyuy Venczyun (2571) o'zaro dona surishyapti. Har ikki xalqaro grossmeyster ham 1991 yilda tavallud topgan.
Match 10 partiyadan iborat bo'lib, tomonlarning biri 5,5 ochko jamg'arguniga qadar davom etadi. Ochkolar teng bo'lib qolgan holatda hal qiluvchi tay-breykka murojaat qilinadi. Kecha o'tkazilgan uchinchi partiyada Czyuy Venczyun yana g'alaba qozondi.
Birinchi partiyada durang qayd etilgan edi. Ikkinchi partiyada esa qora donalarda o'ynagan Czyuy g'alaba qozondi. Kechagi uchinchi turda Venczyun oq donalarda harakat qilib, yana zafar quchdi va 2,5:0,5 hisobida oldinga chiqib oldi.
Fikrlar