So’nggi yangiliklar

17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0

15 sen 12:07
Yangiliklar

Boshqalar

Jamoa egizak sportchilarning mahorati evaziga kubok sohibi bo'ldi FOTOGALEREYA

Urganch tumanidagi CHolish qo'rg'onida 2002 yilda tug'ilgan va undan kichik yoshdagi sportchilar o'rtasida yozgi biatlon bo'yicha viloyat kubogi tashkil etildi.

O'zbekiston mudofaasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Xorazm viloyati kengashi tasarrufidagi viloyat texnik va amaliy sport turlari markazining joriy yilgi taqvim rejasiga asosan o'tkazilgan musobaqada 16 ta jamoaning 33 nafar yozgi biatlon ustasi belgilangan masofaga yugurish hamda pnevmatik miltiqdan tik turgan va yotgan holda o'q otish mashqini bajarish borasida o'z mahoratini sinovdan o'tkazdi.

Bellashuvlarda Qo'shko'pir tumani o'quv sport texnika klubi jamoasi sportchilari yuqori natijaga erishishdi. Binobarin, jamoaning egizak sportchilari - Odamboy Rahimov o'g'il bolalar o'rtasida, Havojon Rahimova esa qizlar orasida shohsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarildi.

SHuningdek, qizlar birinchiligida SHovot tumani o'quv sport texnika klubi azolari Mashhura Ernafasova ikkinchi, Zuhra Ro'zimova uchinchi o'rin sohibasiga aylanishdi. O'g'il bolalar musobaqasida Qo'shko'pir tumanining “O'rtayop” O'STK jamoasidan Diyorbek Rajabov, SHovot tumanidan Foziljon Ismoilovlar sovrinli o'rinlarni egallashdi.

Umumjamoa hisobida egizak sportchilar ko'rsatgan natijalar evaziga Qo'shko'pir tumani O'STK jamoasi yozgi biatlon bo'yicha 2019 yilgi Xorazm viloyati kubogini qo'lga kiritdi. “O'rtayop” O'STK hamda SHovot tumani O'STK jamoalari mos ravishda ikkinchi va uchinchi o'rindan joy oldi.

Musobaqaning yopilish marosimida qatnashgan viloyat texnik va amaliy sport turlari markazi direktori A.Ibragimov g'olib va sovrindor sportchilarni qutlab, kelgusi musobaqalarda ham omad tiladi. 

Endilikda, xorazmlik eng mohir yosh yozgi biatlonchilar joriy yilning 18-21 sentyabr  kunlari Toshkent viloyatining CHirchiq shahrida o'tkaziladigan respublika musobaqasida g'oliblik uchun bahs yuritishadi.

Ikrom Xudoyberganov tayyorladi /Urganch/ 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing