So’nggi yangiliklar

22:49Мужибилло Турсунов WBC Гран-присида иккинчи бўлди 0 17:19Фабио Каннаваро: "Италиядан таклиф кутавериб, чарчаган эдим" 0 16:58Жошуа — Пол жангига спорт оламининг муносабати: "Қандай ажойиб сценарий" 0 16:37Дияр Нургожайга UFC'да яна бир марта имкон берилади, рақиб маълум! 0 16:16Жейк Пол - Энтони Жошуа жанги зарбалар статистикаси эълон қилинди 0 15:55"Манчестер Юнайтед" Дюмфрисни нишонга олди 0 15:45Шоҳасан ва Бобурнинг ғалабаси, Одилхоннинг мағлубияти ва бошқалар. Octagon 83 турниридан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 15:34Коди Гарбрандт кейинги жангини UFC 326 турнирида ўтказади 0 15:13Пэдди Пимблетт: "Гэтжи билан тик ҳолатда жанг қиламан" 0 14:52Жейк Полнинг ўтказиб юборилган зарба оқибатида жағи синиб кетгани айтилмоқда + ФОТО 0 14:31Нико Пас "Реал" туфайли "Манчестер Сити", "Ливерпуль”, "Челси" ва "Арсенал" таклифларини рад этди 0 14:10Қозоғистон боксида допинг можароси: ЖЧ финалчиси дисквалификация қилинди 0 13:49Мужибилло Турсунов WBC Гран-приси финалида жанг қилади 0 13:28Жошуа ва Жейкнинг бугунги жанг учун гонорарлари айтилди 0 13:07"Насаф": Абдувоҳид Неъматов билан шартнома узайтирилди + ФОТО 0

04 mar 07:35
Yangiliklar

Boshqalar

Jang sanati va yopiq inshootlardagi V Osiyo o'yinlarining boshlanishiga 200 kun qoldi

Malumki, 2017 yilning 17 sentyabr kuni Turkmaniston poytaxti Ashxoboddagi Olimpiya shaharchasida Jang sanati va yopiq inshootlardagi V Osiyo o'yinlari musobaqasi rasman start oladi.

Biz bugun ilk marotaba Markaziy Osiyo mintaqasida tashkil etiladigan ushbu musobaqaga ko'rilayotgan tayyorgarlik, bunyod etilayotgan obektlar va mavzuga oid boshqa masalalarda mulohaza yuritamiz. 


Jang sanati va yopiq inshootlardagi V Osiyo o'yinlarida birinchi marta 62 mamlakat vakillari ishtirok etishadi. Ularning 45 tasini Osiyo davlatlari tashkil etsa, Okeaniya mintaqasidan ham 17 ta mamlakat vakillari Ashxobodga etib kelishadi.


Takidlash lozimki, birinchi marta mazkur musobaqa 2005 yilda Bangkok (Tailand) da tashkil etilgan bo'lib, 2007 yilda yopiq inshootlardagi II Osiyo o'yinlariga Makao mezbonliq qilgan. Oradan ikki yil o'tgach, 2009 yilda musobaqani endi Vetnam o'zida qabul qilgan. IV Osiyo o'yinlariga kelib musobaqa xuddi olimpiya cikli kabi har to'rt yilda bir marta tashkil etiladigan bo'ldi va 2013 yilda Janubiy Koreyaning Inchxon shahri mezbonlik qilgan musobaqa dasturiga jangovor sanat turlari ham kiritildi. 


Jang sanati va yopiq inshootlardagi V Osiyo o'yinlariga Ashxobod shahri mezbonlik qilishi xaqidagi qaror 2010 yilning 19 dekabrida Kuvayt mamlakatida Osiyo Olimpiya Kengashi hamda Turkmaniston Milliy olimpiya qo'mitasi va Ashxobod shahri Hokimligi o'rtasida ikki tomonlama kelishuv imzolangach qabul qilingan. 


2010 yilning 5 noyabrida Turkmaniston poytaxtida mamlakat Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov ishtirokida Olimpiya shaharchasining qurilishiga start berilgan edi. Hozirda mazkur muhtasham sport shaharchasi qitamizdagi eng yirik olimpiya maskanlaridan biriga aylanib ulgurdi. 


Olimpiya shaharchasining qurilishi uch bosqichdan iborat bo'lib, uning umumiy maydoni 157 gektar hududni qamrab oladi. Mazkur shaharchada 30ta sport inshooti bunyod etilmoqda. Etiborlisi qurilayotgan obektlar jahon talablariga to'liq javob beradi. 


Osiyo Olimpiya Kengashi va Xalqaro sport federaciyalar vakillari bir necha marotaba Ashxobodga tashrif buyurib, bu erda olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishishdi va kerakli maslahatlarni berishdi. Qurilish ishlarida har bir taklif va maslahatga etibor qaratilmoqda. 

SHuningdek, Olimpiya shaharchasidagi inshootlar yuqori sifatli, jahon standartlariga mos keluvchi sport anjomlari bilan to'ldirilishiga ham alohida ahamiyat berilgan.


Tabiiyki bu erda sportchilar va musobaqa ishtirokchilari uchun barcha sharoitlar yaratiladi. 

Jang sanati va yopiq inshootlardagi V Osiyo o'yinlari dasturidan 21 ta sport turi o'rin olgan bo'lib, bular: shaxmat, futzal, tennis, muay-tay, sambo, kurash, djiu-djitsu, bouling, velopoyga (trek), suzish (50 metrlik basseynda), engil atletika, og'ir atletika (pauerlifting), basketbol, taekvondo (WTF), sport raqslari, kikboksing, belbog'li kurash, sport kurashlari (erkin va yunon-rum), bilyard, konkur va Turkman milliy kurashi - goresh sport turlaridir. 


Nufuzli musobaqaga tayyorgarlik ko'rish jarayonida 2014 yildan etiboran Olimpiya shaharchasida bir necha yirik Xalqaro musobaqalar sinov tariqasida o'tkazib kelinmoqda. 

Jumladan 2014 yilning 19-24 noyabr kunlari belbog'li kurash bo'yicha jahon chempionati, 2016 yilda esa 26-30 may kunlari sambo bo'yicha Osiyo chempionati, 25-29 iyun kunlari Turkman goreshi va belbog'li kurash bo'yicha Osiyo chempionati, 16-24 sentyabr kunlari 18 yoshgacha bo'lgan tennischilar o'rtasida Xalqaro turnir, 23-26 sentyabr kunlari engil atletika bo'yicha Xalqaro turnir, 4-7 noyabr kunlari ayollar va erkaklar o'rtasida 3x3 formatidagi basketbol bo'yicha Xalqaro turnir va nihoyat o'tgan yilning dekabrida djiu-djitsu bo'yicha Osiyo chempionati aynan Ashxoboddagi Olimpiya shaharchasida yuqori saviyada tashkil etildi. 


Yana bir etiborli jihati, Osiyo o'yinlarining mashalasini yoqish marosimi bo'lib, unda mamlakatning 17 ta eng yaxshi chavandozlari Turkmanistonning bir qator viloyatlari hududlaridan o'tib, 17 sentyabr kuni, mahalliy vaqt bilan roppa rosa soat 17:00da Markaziy stadionda o'yinlar mashalasini yoqishadi va aynan shundan so'ng musobaqalarga rasman start beriladi. Bir so'z bilan aytganda Turkmanistonda ushbu nufuzli musobaqani eng yuqori saviyada o'tkazishga juda katta tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing