06 okt 16:30
Yangiliklar
Futbol

Janubiy Koreya. Aliboev 90 daqiqa harakat qilgan o'yinda "Seul" g'alabaga erishdi
Bugun Koreya K-Ligasining 33-turi doirasida "Seul" jamoasi "Suvon Samsung" maydoniga safar qildi.
Unda mehmon jamoa vakillari 2:1 hisobida g'alabaga erishishdi.
17-daqiqada "Seul" azosi Park CHu Yong penaltidan unumli foydalangan holda hisobni ochdi. Ikkinchi bo'limning 54-daqiqasida Li-Myong Ju oradagi farqni ikkita golga etkazdi. 59-daqiqada esa Yeom Ki-Xun uchrashuvdagi so'nggi golni kiritdi.
Qayd etish kerak, uchrashuvda hamyurtimiz Ikrom Aliboev to'liq 90 daqiqa mobaynida harakat qilgan. SHu orqali endi u terma jamoamiz yig'inlariga qo'shiladi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar