So’nggi yangiliklar

18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0

17 iyu 16:54
Yangiliklar

Boshqalar

Jasur Matchanov o'z xohishiga ko'ra MOQ bosh kotibi lavozimini tark etdi

Bugun O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi majlislar zalida Qo'mitaning navbatdan tashqari XXXVI Bosh Assambleya yig'ilishi o'tkazildi.

Bu haqida MOQ matbuot va media departamenti xabar berdi.

Unda  MOQ prezidenti Rustam SHoabduraxmonov, vice-prezident Azizjon Kamilov hamda Bosh Assambleya azolari ishtirok etishdi. 


Yig'ilish kun tartibidan birgina masala o'rin oldi. U ham bo'lsa 2018 yil yanvar oyidan buyon Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi lavozimida ishlab kelgan Jasur Matchanovning o'z hoxishiga ko'ra yozgan arizasini ko'rib chiqishdan iborat edi. Bosh Assambleya azolari J. Matchanovning istefosini bir ovozdan qabul qilishdi va Jasur Matyakubovich O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi lavozimidan  ozod etildi.

Takidlash joiz, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan sportchi, boks bo'yicha jahon chempionati va Osiyo o'yinlari sovrindori Jasur Matchanov O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasida 2018 yilning 16 yanvaridan, yani roppa rosa 1 yarim yil davomida Bosh kotib lavozimini egalladi. Uning boshchiligida Milliy olimpiya qo'mitasi xalqaro aloqalarini yanada mustahkamladi.

SHuningdek, Jasur Matyakubovich o'tgan yili Argentina poytaxti Buenos-Ayresda o'tkazilgan III yozgi o'smirlar Olimpiya o'yinlarida O'zbekiston delegaciyasiga rahbarlik qildi. Aynan mazkur musobaqada O'zbekiston delegaciyasi o'smirlar Olimpiya o'yinlaridagi o'zining eng yaxshi natijasini qayd etdi. O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Jasur Matyakubovich Matchanovning kelgusi faoliyatida omad va zafarlar tilab qoladi.

O'z navbatida, Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotib lavozimiga nomzodlarni ko'rib chiqmoqda. Bu masalada yakuniy qaror MOQning navbatdagi Bosh Assambleya yig'ilishida qabul qilinadi. Yani nomzodlar ko'rib chiqilgach, tashkilotga yangi  Bosh kotib saylanadi.

SHuning bilan, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasining XXXVI Bosh Assambleya yig'ilishi o'z ishini yakunladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing