09 sen 14:15
Yangiliklar
Taekvondo
Jasurbek Jaysunov nomzodi OOK Atletlar komissiyasi uchun ilgari surildi
Osiyo Olimpiya kengashi (OOK) tashkilotning Atletlar komissiyasi tarkibiga saylanish uchun nomzodlarni elon qildi.
Unda taekvondo WT bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi, Xanchjou-2022 Osiyo o'yinlari sovrindori Jasurbek Jaysunov Markaziy Osiyo mintaqasidan nomzodlar qatorida qayd etilgan.
Uning raqiblari qoyani zabt etish bo'yicha Parij-2024 Olimpiya o'yinlari ishtirokchisi, qozog'istonlik Amir Maymuratov hamda eronlik taekvondochi, Parij-2024 Olimpiadasi chempioni Arian Salimi bo'ladi.
Ovoz berish jarayoni Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o'yinlari davomida, 20 sentyabrdan 2 oktyabrga qadar Yaponiyada bo'lib o'tadi. Ovoz berishda faqat Osiyo o'yinlarida ishtirok etayotgan sportchilar qatnashishi mumkin.

Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar